"Liverpul" "Real"ga Kloppni qo‘yib yubormasligini aytdi

  • 03.06.2018 19:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" klubi rahbariyati "Real" Madrid shartnoma imzolashni istayotgan bosh murabbiyi Yurgen Kloppni “qirollik klubi”ga qo‘yib yubormoqchi emas.

Téléfoot nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mersisaydliklar germaniyalik mutaxassis bilan xayrlashish niyati yo‘qligi haqida “Real”ni ogohlantirgan.

Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq Klopp madridliklar rahbariyatiga jamoada ishlashi uchun ikkita shart qo‘ygani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Klopp “Liverpul”ni 2015 yildan buyon boshqarib kelmoqda. U shuningdek faoliyati davomida “Maynts” hamda “Borussiya” Dortmund klublarida ham ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!