“Liverpul” rekorddan to‘xtadi
Angliya premer-ligasining 35-turida “Byornli” chempion “Liverpul” maydonida to‘p surib, mezbonlarning bir yarim yil davom etgan g‘alabali seriyasiga chek qo‘ydi.
Uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi va Yurgen Klopp shogirdlari “Enfild”da 2019 yilning 30 anvaridan buyon ilk marotaba ochko yo‘qotdi.
Bu muddat ichida “Liverpul” o‘z muxlislari guvohligida ketma-ket 24 ta o‘yinda zafar quchdi. Bu Angliya premer-ligasi uchun rekord seriya edi.
Fikrlar