"Liverpul" sobiq futbolchisi: Verner MYu yoki "Chelsi"ga mosroq
Sobiq futbolchi "Sky sports" kanaliga bergan intervyusida "Liverpul"ning asosiy transfer maqsadiga to‘xtaldi.
"Timo juda ajoyib futbolchi va doimiy tarzda o‘sib boryapti. U allaqachon Bundesligada 20 tadan ko‘proq gol urdi. Chempionlar ligasida ham yana darvozaga yo‘l topdi. U endi Evropaning kuchli jamoalarida o‘ynashga tayyor. Ammo savol shundan iboratki, Verner "Liverpul"ga qanchalik mos futbolchi?
Uning asosiy quroli tezlik. Bu kabi jamoaviy futbol namoyish etuvchi klubda ushbu yosh iqtidor egasi ofsaydlarda qolib ketishi mumkin. Undan tashqari, nazarimda, Verner Saloh, Mane va Firminodan biri jarohat olib, o‘ziga imkoniyat berilishini kutishga majbur bo‘ladi. U "Chelsi" va "Manchester Yunayted"ga ko‘proq foyda keltira oladi", - dedi germaniyalik sobiq futbolchi.
Avvalroq, "Liverpul" 23 yoshli hujumchi uchun "RB Leyptsig"ga 50 mln € taklif qilgani haqida xabarlar chiqqandi.
Fikrlar