"Liverpul" Trent o‘rniga kimni olib kelishi ma’lum bo‘ldi

  • 12 may, 16:26
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Leverkuzenning “Bayer” klubi himoyachisi Jeremi Frimpong faoliyatini APLning grand klubida davom ettirishi mumkin. Mirror Football nashrining yozishicha, niderlandiyalik futbolchini o‘z safiga "Liverpul" qo‘shib olmoqchi.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, mersisaydliklar rahbariyati Frimpongni xarid qilish uchun 40 million evro ajratishga tayyor. Himoyachining “Bayer” bilan tuzgan shartnomasi 2028 yil iyun oyining oxirigacha amal qiladi. U nemis klubiga 2021-yil yanvarida kelib qo‘shilgan.

Joriy Germaniya chempionati mavsumida Frimpong 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, "Liverpul"ning asosiy o‘ng qanot himoyachisi hisoblangan Trent Aleksandr-Arnold yozda jamoani erkin agent sifatida tark etishini ma’lum qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!