"Liverpul" Turin klubidan himoyachi xarid qilmoqchi
"Torino" markaziy himoyachisi Gleyson Bremer faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Corriere Granata nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, APL grandi 23 yoshli braziliyalik futbolchining transferi bo‘yicha Turin klubi bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Mersisaydliklar himoyachilarning tinimsiz jarohat olayotgani bois yanvarda aynan shu chiziqni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Bremer joriy mavsum “Torino” safida 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Uning transfer narxi 6 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar