
"Liverpul" va "Arsenal" "Vilyarreal"ning 19 yoshli futbolchisini sotib olmoqchi
Angliyaning ikki klubi "Liverpul" va "Arsenal" 19 yoshli futbolchi uchun kurashmoqda. Bu haqda "El Desmarque" nashri xabar berdi.
"Vilyarreal" futbolchisi Yeremi Pino bu mavsum ajoyib harakat qilmoqda. Shu harakatlari bilan u APL grandlari e’tiboriga tushgan.
Hozirda uning shartnomasidagi tovon puli 80 million evro etib belgilangan. Bu 67 million funt sterlingga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumot o‘rnida, Yeremi Pino ushbu mavsum La Liganing 26 bahsida 6 gol va 4 assist amalga oshirgan.
Fikrlar