"Liverpul" va "Chelsi" bitta futbolchi uchun kurashadi

  • 27.12.2022 08:57
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

APLda mavsum kashfiyotlaridan biriga aylangan Leandro Trossard tez orada jamoasini almashtirishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, belgiyalik futbolchiga "Chelsi" qiziqish bildiryapti. Shuningdek, nomzodlar orasida "Liverpul" ham bor. Katta ehtimol bilan, u Angliyaning o‘zida qoladi.

"Brayton" vakili kuchliroq jamoaga o‘tib, sovrinlar uchun kurashishni niyat qilgan. Uning maqsadlariga "aristokratlar" ancha mos tushadi. Boz ustiga, londonliklarni "Brayton"ning sobiq murabbiyi Grem Potter boshqarmoqda.

28 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum Premer ligada 15 uchrashuvda maydonga tushdi. Bu o‘yinlarda u o‘z hisobiga 7 gol va 3 assistni yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!