"Liverpul" van Deyk bilan shartnomani uzaytirishga tayyor
"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk klubdan yangi mehnat shartnomasi bo‘yicha taklif olishi mumkin.
The Independent nashriga ko‘ra, "qizillar" niderlandiyalik 28 yoshli futbolchi bilan yangi kelishuv imzolashga urinib ko‘rishmoqchi.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar rahbariyati van Deyk bilan amaldagi shartnomani 2023-yil yozigacha uzaytirish niyatida.
Joriy mavsumda van Deyk APLda "Liverpul" libosida 25 ta o‘yinda 4 ta gol urishni uddaladi.



Fikrlar