"Liverpul" Veynaldum o‘rniga "Atletiko" etakchisini olib kelmoqchi

  • 9 iyul, 2021, 18:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko" Madrid yarim himoyachisi Saul Niges faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, "Liverpul" 26 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun 40 million evrodan voz kechishga tayyor. Qolaversa, Saulning o‘zi ham APLga ko‘chib o‘tishga qarshi emas.

Mersisaydliklar Saulni PSJga ko‘chib o‘tgan Jorjino Veynaldumga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda.

Ammo "matraschilar" a’zosi uchun “Liverpul”dan tashqari "Manchester Yunayted", PSJ, "Bavariya" va "Yuventus" klublari ham kurash olib bormoqda.

Saul yakunlangan mavsum "Atletiko" safida jami 41 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!