
“Liverpul”ga Chempionlar ligasini orzu qiladigan o‘yinchilar kerakmas
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp Chempionlar ligasida o‘ynash uchungina uning jamoasini tanlaydigan futbolchilarni safga qo‘shmasligini ma’lum qildi.
- Chempionlar ligasi – klub uchun muhim, hozir asosiy maqsadimiz shu turnirga yo‘llanma olish. Bu transferlar nuqtai nazaridan juda dolzarb masala.
Joriy mavsumda qit’aning eng nufuzli turniriga chiqish imkoniyatlarimiz ancha yaxshi. Kelajakda nima bo‘lishini bilmayman.
Agar biz olmoqchi bo‘lgan futbolchi Chempionlar ligasida o‘ynashimizga qarab qaror qiladigan bo‘lsa, bunaqasi menga kerak emas, - dedi Yurgen Klopp.
Fikrlar