"Liverpul"ning 11 futbolchisi hamon ta’tildan qaytmagan

  • 4 iyul, 2022, 12:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" yangi mavsumga tayyorgarliklarni boshlaydi. 4 iyul kuni jamoa mashg‘ulotlarga kirishadi. 

"Liverpool Echo" nashrining xabar berishicha, Van Deyk, Alisson, Aleksander-Arnold, Saloh, Jota va Firmino kabi asosiy tarkib futbolchilari hamon ta’tildan qaytmagan. Yangi kelgan Darvin Nunez ham dam olishda. 

Manbaga ko‘ra, 9 iyulga qadar barcha futbolchilar bazaga qaytishi kerak. 12 iyul kuni esa klub "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu bahsda katta ehtimol bilan yoshlardan iborat tarkib maydonga tushadi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!