
"Liverpul"ning klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finali uchun qaydnomasi e’lon qilindi
“Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionati yarim finali uchun 20 nafar futbolchidan iborat tarkibni e’lon qildi.
“Liverpul”ning klublar o‘rtasidagi JCh uchun qaydnomasi:
Alisson, Adrian, Endi Lonergan, Virgil van Deyk, Jo Gomes, Endryu Robertson, Trent Aleksander-Arnold, Neko Uilyams, Jorjino Veynaldum, Jeyms Milner, Nabi Keyta, Jordan Xenderson, Aleks Oksleyd-Chemberlen, Adam Lallana, Kertis Jons, Roberto Firmino, Sadio Mane, Moxamed Saloh, Jerdan Shakiri, Divok Origi.
Eslatib o‘tamiz, mersisaydliklar musobaqani yarim final bosqichidan boshlashadi. Ularni bu bosqichda Meksikaning “Monterrey” klubi kutib turibdi. Ushbu bahs 18 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar