"Liverpul"ning mag‘lubiyatsiz seriyasi 13taga etdi

  • 28 fevral, 2022, 12:30
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Liverpul" jamoasi oxirgi 13 o‘yindan beri mag‘lub bo‘lmayapti. Klub so‘nggi marta 2021 18 dekabrda "Lester"ga (0:1) imkoniyatni boy bergandi. 

Shundan so‘ng, "qizillar" turli musobaqalar doirasida 10 g‘alaba va 3 durang qayd etdi. Qizig‘i, Klopp shogirdlarini 2022 yilda taslim etadigan klub topilmayapti. 

Qayd etish lozim, mersisaydliklar yaqinda Angliya liga kubogi g‘olibiga aylandi. Finalda ular "Chelsi"ni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi (asosiy vaqt 0:0, penaltilar 11:10).

Ma’lumot o‘rnida, "Liverpul" ayni payt APL turnir jadvalida 60 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!