
"Liverpul"ning "teshik" darvozaboni vataniga qaytib ketadi
“Liverpul” klubi darvozaboni Loris Karius yana Bundesligaga qaytishi mumkin. Bu haqda Goal.com xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra, so‘nggi mavsumni “Beshiktosh”da ijarada o‘tkazib qaytgan germaniyalik posbonni “Gerta” o‘z safida ko‘rmoqchi. Aytish kerakki, berlinliklar Kariusga mart oyidan buyon qiziqib kelishadi. Eng muhimi, har ikkala tomon ham shartnoma imzolashga qarshi emas.
Kariusning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar