
"Lokomotiv" 1,5 mlrd so‘mlik kelishuvga erishdi
Toshkentning "Lokomotiv" klubi bosh direktori o‘rinbosari To‘labek Akramov jamoa liboslaridagi reklamalardan katta foyda ko‘rishini ma’lum qildi.
"Bu mavsum ham 1,5 mlrd so‘mga klub libosidagi 3 ta joyni sotdik. Kelayotgan mavsumda formamizga OFB, "Uztelecom" va "Drivers village" yozuvlari tushiriladi", - dedi Akramov o‘zining "Twitter"dagi sahifasida.
Ilgariroq Akramov SPORTS.uz saytiga bergan intervyusida portugaliyalik Mikael Sekeyrani "Lokomotiv"ga olib kelish oson bo‘lmaganini aytib o‘tgan edi.
Fikrlar