
"Lokomotiv" 2,5 mln evroga "Bordo"dan futbolchi sotib oldi
Moskvaning “Lokomotiv” klubi o‘zining rasmiy sayti orqali “Bordo” himoyachisi Pabloning transferini e’lon qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 29 yoshli braziliyalik futbolchi “temiryo‘lchilar” safida tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi va 3,5 yillik shartnoma imzoladi. Uning transferi esa “Loko”ga 2,5 million evroga tushgani aytilmoqda.
Pablo joriy mavsum Frantsiya chempionatida 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.
Fikrlar