"Lokomotiv" bilan shartnoma tuzgan Alisher Salimov yangi klubi haqida qanday fikr bildirdi?

  • 5 yanvar, 2022, 18:28
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsumni “Surxon”da o‘tkazgan Alisher Salimov endi “Lokomotiv” tarkibida to‘p surishidan xabaringiz bo‘lsa kerak. “Temiryo‘lchilar” ushbu o‘yinchining transferini e’lon qilganidan keyin klub matbuot xizmati Salimovning fikrlari bilan qiziqdi.

Tecno

- “Lokomotiv”ga o‘tish jarayoni borasida gapirsangiz.

- Mavsum tugashiga 3-4 tur qolganida bir necha jamoalardan takliflar tushgandi. Ammo “Lokomotiv”ning taklifini ko‘rib, birdaniga rozilik berdim. “Lokomotiv” so‘nggi yillarda o‘zbek futbolida etakchi brendlardan biriga aylanib bo‘ldi. Shuningdek, o‘z oldiga yuqori maqsadlarni, doimiy g‘alabalarni vazifa etib belgilaydi. Qolaversa, terma jamoada o‘ynash uchun “Lokomotiv”ni tanladim, deya olaman.

- Yangi jamoadoshlaringiz bilan qanchalik darajada tanishsiz? Yaqindagina o‘tgan mavsumda “Surxon”da o‘ynagan posbon Rustam Nartadjievning transferini e’lon qildik.

- Umuman olganda, tarkibning katta qismi bilan yaqin tanishman. Shuningdek, ayrim futbolchilar bilan turli termalar tarkibida birga o‘ynaganmiz. Ular bilan chiqishib ketish qiyin bo‘lmaydi. Qolganini esa vaqt ko‘rsatadi.

- “Lokomotiv”da barcha chiziqlarda raqobat juda katta.

- Aynan shuning uchun bu erga keldim. Raqobat orqali o‘zimning darajamni oshirib, terma jamoa tarkibida o‘ynamoqchiman. Doimo raqobatga tayyorman.

- Yangi mavsum oldidan niyatlar qanday?

- “Lokomotiv” bilan sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, xalqaro maydonlarda to‘p surishni istayman.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!