"Lokomotiv" bosh murabbiyi: "Sekin o‘ynadik, "So‘g‘diyona" yagona imkoniyatdan foydalandi"

  • 18 iyun, 2022, 15:59
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Lokomotiv” klubi Superliganing 12-turida o‘z uyida “So‘g‘diyona”ni qabul qildi va 0:1 hisobida yutqazib qo‘ydi. Mezbonlar ustozi Denis Korostichenko esa mag‘lubiyat haqida gapirdi.

- O‘yin haqida nima deya olasiz?

- Afsuski, yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadik, bizga ko‘p narsa etishmadi. Hujumda va tajovuzkorlikda keskinlik bo‘lmadi. Buning ustiga sekin o‘ynadik. “So‘g‘diyona” esa yagona imkoniyatidan foydalandi.

- Kaxi Maxaradzening chetlatilishi sizningcha to‘g‘ri bo‘ldimi?

- Shunday narsalar borki, hakamlar e’tibor bermay, robotlarga o‘xshab qaror qabul qiladilar. Hakamlarning ishini muhokama qilishni istamayman. Menimcha, chetlatilish to‘g‘ri qaror, o‘yin oxirida hakamlar brigadasi yaxshi ishladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!