"Lokomotiv" bosh murabbiyi SPORTS.UZda chop etilgan maqolaga qanday reaktsiya bildirdi?

  • 16.03.2022 10:15
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Oxirgi paytlarda “Lokomotiv” bosh murabbiyi Denis Korostichenko omma e’tiborini o‘ziga tortdi. Superliganing 2-turida AGMK ustidan qozonilgan irodali g‘alabadan keyin ko‘pchilik Korostichenko borasida juda iliq fikrlarni bildirdi.

O‘z navbatida uning “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Kloppga o‘xshatilishi ham asosiy mavzulardan biriga aylandi. Jumladan, kuni kecha saytimiz orqali “O‘zimizning Denis Klopp! Balki, Yurgen Klopp vaqti kelganda "Lokomotiv"dagi hamkasbi haqida eshitib qolar...” sarlavhasi ostida maqola chop etildi. “Lokomotiv” ustozi esa ushbu maqolani o‘qigani ma’lum bo‘ldi va bu borada o‘zining qo‘shimcha fikrlarini bildirdi.   

“Salom, men o‘sha maqolani o‘qidim va qiziq chiqibdi. Menga bo‘lgan qiziqishingiz uchun sizdan juda minnatdorman. O‘yindan keyin xissiyotlar kuchli edi. Shunday vaziyat ham bo‘ldiki, fan-klub a’zolari mendan xuddi Klopp kabi xatti-harakatlar qilishni so‘rashdi.

Ammo, rostini aytsam, menga bunday e’tibor va mashhurlik kerak emas. Men uchun jamoamiz qayd etadigan natijalar hamma narsadan muhimroq. Men o‘yinga to‘g‘ri yondashish kerak deb hisoblayman, imidj esa meni qiziqtirmaydi.

Ehtimol, Yurgen Kloppga biroz o‘xshashib ketarman, lekin bu kabi o‘xshatishlar meni unchalik o‘ziga tortmay, Denis Korostichenko bo‘lib qolishni afzal ko‘raman. Yana shuni ta’kidlashim kerakki, ko‘plab g‘alabalarga erishadigan bo‘lsak, mashhurlik o‘z-o‘zidan keladi.

AGMKga qarshi o‘yin vaqtida va o‘yindan keyin negadir murabbiylar shtabi vakillarini yaxshi o‘yin uchun tabriklay olmadim. Buning uchun xijolatdaman. Ularga minnatdorchilik bildirishni istagan bo‘lardim. Men buyuk yoki mag‘rur emasman, lekin vaziyat shunday ko‘rinish hosil qilgan xolos. Men Mirjalol Qo‘shoqovich va AGMK murabbiylarining hammasini juda hurmat qilaman”, - deydi Denis Vladimirovich.

O‘zimizning Denis Klopp! Balki, Yurgen Klopp vaqti kelganda "Lokomotiv"dagi hamkasbi haqida eshitib qolar...

"Bizga shubha qiladiganlarga natijalarimiz bilan javob qaytaramiz" - "Lokomotiv" bosh murabbiyi AGMK qanday mag‘lub etilgani haqida gapirdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
16/03/2022 15:05
Денис Коростиченкога рахмат! Жуда камтарин ва яхщи инсон булгани учун ва яхши мутахассис булиб Узбекистонда ишлаётгани учун ташаккур!