
"Lokomotiv" ikkinchi davra oldidan 4 nafar futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi
Ikkinchi davra oldidan Toshkentning "Lokomotiv" klubi bir nechta yangi futbolchilarni qo‘shib oldi.
"Temiryo‘lchilar" Dilshod Jo‘raev, Mixail Gashchenkov, Rustam Xolnazarov bilan yarim yillik, Valeriy Kichin bilan esa 1,5 yillik shartnoma imzoladi.
Ma’lumot uchun, "Lokomotiv" birinchi davrada 10 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar