"Lokomotiv" jahon chempionini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Xabaringiz bor bundan avvalroq “Borussiya” Dortmund hujumchisi Andre Shyurrlega Xitoy va Rossiya klublaridan takliflar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 28 yoshli germaniyalik futbolchiga Moskvaning “Lokomotiv” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Aniqrog‘i, “temiryo‘lchilar” uni keyinchalik 8 mln evroga sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga olishmoqchi. Hozircha dortmundliklar ushbu taklifga javob qaytarishgani yo‘q.
Ma’lumot uchun, Shyurrle o‘tgan mavsumni “Fulxem” klubida ijarada o‘tkazgan edi. U londonliklar safida APLda jami 24ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 6ta gol urishga erishdi.

Fikrlar