"Lokomotiv" ko‘zlayotgan futbolchini "Lester" ilib ketmoqchi

  • 09.04.2020 11:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Moskvaning "Lokomotiv" klubi "Olimpiakos" himoyachisi Konstantinos Tsimikasni sotib olmoqchi. Biroq, rus klubiga bu borada jiddiy raqobatchi paydo bo‘ldi.

Ma’lumotlarga qaraganda, 23 yoshli gretsiyalik futbolchiga "Lester" ham qiziqib qolgan. “Tulkilar” uni qo‘lga kiritish uchun jiddiy bel bog‘lashgan.

Bungacha esa Tsimikasga "Inter", "Napoli", "Galatasaroy" va "Fenerbaxche" klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Tsimikas joriy mavsum "Olimpiakos" safida jami 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 7 ta goliga assistentlik qilishga erishdi. Uning transfer narxi esa 3,5 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!