"Lokomotiv" legioneri terma jamoadan chaqiruv oldi

  • 23 avgust, 2019, 15:17
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yon qo‘shnilarimiz ilk turni 5 sentyabr kuni safarda Shri-Lanka terma jamoasiga qarshi o‘tkazishadi.

Tecno

10 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan 2-tur bellashuvida Turkmaniston o‘z maydonida Janubiy Koreya bilan o‘ynaydi. Mazkur rasmiy bahslarga “Lokomotiv” yarim himoyachisi Arslanmirat Amanov ham taklif oldi.

Turkmaniston futbol federatsiyasi klubga Arslanmirat Amanovni 28 avgust - 10 sentyabr kunlari terma jamoa ixtiyoriga yuborishini so‘rab murojaat qildi.

Turkmaniston terma jamoasi dastlab Dubayda qisqa muddatli yig‘in tashkil etib, shundan so‘ng Shri-Lanka tomon parvoz qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!