"Lokomotiv" o‘rtoqlik bahsida "Turon"ni taslim eta olmadi
Anvar Berdiev bosh murabbiyligidagi “Turon”ning Toshkent shahridagi o‘quv-yig‘in mashg‘uloti davom etmoqda.
Tayyorgarlik doirasida yaypanliklar bugun Superliga vakili - Toshkentning “Lokomotiv” klubiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Qibraydagi “Rohat” sport majmuasida o‘tkazilgan bellashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Fikrlar