"Lokomotiv" yosh iqtidor bilan 3 yillik shartnoma imzoladi
O‘tgan mavsumda "Lokomotiv"ning U19 jamoasiga kelib qo‘shilgan va tezda o‘z qobiliyatlarini namoyish qilib U21 jamosining asosiy futbolchilaridan biriga aylangan Maqsudxo‘ja A’loxo‘jaev "Lokomotiv" bilan professional shartnoma imzoladi.
2004-yilda tug‘ilgan futbolchi o‘tgan yil davomida "temiryo‘lchilar"ning U21 jamoasining g‘alabalarida, mavsumni 2-o‘rinda yakunlashida o‘zining munosib xissasini qo‘shdi. Kecha u klub bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekdi.
Yaqindagina Lazizbek Mirzaev ham "Lokomotiv" bilan professional shartnoma imzolagandi. Klub bu bilan to‘xtab qolmaydi va yosh, umidli futbolchilar bilan ishlashda davom etmoqchi.

Fikrlar