"Lokomotiv"da to‘p surgan tojikistonlik hujumchi rasman klubini o‘zgartirdi

  • 17 mart, 2024, 10:48
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

O‘tgan yili Toshkentning “Lokomotiv” sharafini himoya qilgan tojikistonlik hujumchi Rustam Soirov yaqinda Qatardagi Osiyo Kubogida Tojikiston milliy terma jamoasi sharafini himoya qildi va shundan so‘ng klubini o‘zgartirdi.

Bu yil 22 yoshni qarshilaydigan futbolchi Tojikistonning etakchi klubi – “Istiqlol” klubiga qaytdi. Bu haqida ushbu jamoa matbuot xizmati rasman e’lon qildi.

“Istiqlol” va Soirov o‘rtasidagi shartnoma 2025 yilning oxiriga qadar tuzildi. U  bungacha ham 2020-2022 yillar davomida “Istiqlol”da to‘p surgan va 46 ta uchrashuvda 26 ta gol urgan.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!