
"Lokomotiv"ni uch nafar futbolchi tark etdi
Yozgi tanaffusda “Lokomotiv” safini uch nafar futbolchi tark etdi. Bular - Damyan Krayishnik, Ivan Bulatovich va Izzatilla Abdullaev.
Serbiyalik yarim himoyachi Damyan Krayishnik «temiryo‘lchilar» tarkibida Superliga va Kubokni qo‘shib hisoblaganda jami 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 bor gol muallifi bo‘ldi.
Ivan Bulatovich esa 13 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga faqat bitta gol yozdirib qo‘ydi. Izzatilla Abdullaev ham 13 o‘yinda maydonga tushib, bir bor gol muallifi bo‘ldi.
"Lokomotiv" matbuot xizmati.
Fikrlar