"Lokomotiv"ning shimoliy makedoniyalik futbolchisi: "Klubning joyi Pro-ligada emas"

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Lokomotiv" tarkibiga yaqindagina kelib qo‘shilgan shimoliy makedoniyalik futbolchi Boyan Naydenov o‘zining ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Dastlabki taassurotlar ajoyib. Mo‘jazgina stadion, klub infratuzilmasi, umuman barchasi ajoyib. Nafaqat "Lokomotiv", balki, Toshkentning barcha klublari juda tartibli ishlashadi.

- "Lokomotiv" Pro-ligada ishtirok etadi. Klub jamoaga bir yilning o‘zida Superligaga qaytish vazifasini qo‘ygan. Bu haqda nima deysiz?

- Holatni yaxshi tushunib turibman. Umid qilamanki, vazifani a’lo darajada bajaramiz. Chunki "Lokomotiv"ning joyi Pro-ligada emas. Klubni Superligaga qaytarish shart!

- Bu erga kelguningizcha klub haqida nimalarni eshitdingiz?

- O‘zbekistonda o‘ynaganim uchun ko‘p narsalarni bilaman. "Lokomotiv" - katta nom, katta klub. Bunday rahbariyat, jamoadoshlar bilan klub aslida Superligada bo‘lishi kerak. Hali barchasi o‘z o‘rniga tushib ketadi.

 

Manba: "Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!