
"Lokomotiv"ning sobiq futbolchisi kutilmaganda vafot etdi. "Temiryo‘lchilar" hayratda!
"Kazanki" klubi himoyachisi Innokentiy Samoxvalov ko‘chada yugurayotgan payti vafot etdi. Bu haqda Moskvaning "Lokomotiv" klubi rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
“Kesha mehribon va yaxshi do‘st edi. “Lokomotiv” sodir bo‘lgan voqeadan hayratda. Bu bizning oilamiz uchun katta qayg‘u. Innokentiyning yaqinlari va oilasiga hamdardlik bildiramiz”, - deb yoziladi klub bayonotida.
22 yoshli Samoxvalov “Lokomotiv” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “temiryo‘lchilar”ning yoshlar jamoasida o‘ynagan va mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar