"Loko"ning ispaniyalik futbolchisi: "Lokomotiv" taklifini hech qanday ikkilanishsiz qabul qildim"

  • 4 fevral, 2021, 13:08
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Lokomotiv" ispaniyalik himoyachi Diego Bardankani o‘z safiga qo‘shib oldi. 

Tecno

"Deportivo" tarbiyalanuvchisi faoliyati davomida "Valyadolid", "Rekreativo", "Levante" kabi jamoalarda ham to‘p tepgan. Ayni damda Turkiyadagi yig‘inda bo‘lib turgan himoyachi SPORTS.uz saytiga bergan intervyusida yangi jamoaga moslashishi va o‘zbek futboli haqida fikr bildirdi. 

bardanca

– Assalomu alaykum, Diego. Yangi jamoaga ko‘chib o‘tganingiz bilan tabriklayman. Adaptatsiya jarayoni qanday kechmoqda?

– Salom! To‘g‘risini aytsam, bu erda ekanligimdan juda xursandman. Jamoadoshlarim, klub xodimlari va muxlislar juda mehribon va ular menga tezroq moslashish uchun yordam bermoqda. Rus tilini o‘rganishga harakat qilyapman. Allaqachon o‘zbek va rus tillaridagi kalit so‘zlarni ishlatyapman. Jamoaga iloji boricha tezroq moslashishga harakat qilaman.

– Bu erga kelishingizdan avval, o‘zbek futboli haqida eshitganmisiz? Sizni "Loko"ga kim taklif qildi?

– Agentim menga bu variantni taklif qilganida, hech qanday ikkilanishsiz buni qabul qildim. Men bu klubning darajasini, uning sharafini himoya qilish qanchalik muhimligini, jamoaning g‘oliblik ruhini bilaman. Shuning uchun, ular yuborgan taklif menga juda qiziq bo‘lib tuyuldi.

Futbolchilar, xodimlar, muxlislar, rahbariyat va shahar - bularning barchasi a’lo darajada Bu jihatlar mening qaror qabul qilishimni tezlashtirib yubordi.

– O‘zbek futbolchilarining qaysi jihatlarini kuchli, deb hisoblaysiz?

– To‘g‘risini aytsam, hali biror narsa deya olmayman. Lekin mashg‘ulotlarda birga ishlab bildimki, sizlarda shiddatli futbol o‘ynashadi. Hujumchilarning ham bo‘yi baland. Yangi mavsum boshlansin, keyin to‘liqroq aytishim mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Пахтакор бос
04/02/2021 14:06
Бошқа командалардан таклиф бўлмагандан кейин қабул қилсанда, ўзи умуман ўйнамаган экансан, фақат заменада ўтираркансан, Ўзбекистонда заменада ўтирмийман деб!