
Londonda bugun yana bir iste’fo yuz berishi mumkin
Londonning "Arsenal" klubi rahbariyati bugun bosh murabbiy Unai Emeri kelajagi masalasida tezkor yig‘ilish o‘tkazmoqchi.
Joriy mavsumda "to‘pchilar" APL 13 turidan so‘ng 18 ochko to‘plab sakkizinchi o‘rinni egallab turishibdi, Evropa ligasida esa o‘z maydonida "Ayntraxt"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq "Vulverhempton" ustozi Nunu Eshpiritu Santu "Arsenal" bosh murabbiyligiga asosiy nomzod sifatida ko‘rsatilayotgan, murabbiyning o‘z esa "kanonirlar"ni boshqarishi mumkinligini rad etmagan edi.
Fikrlar