Loris penaltidan unumli foydalana olmagan Keynni Ronaldu va Messiga qiyosladi

  • 13 dekabr, 2022, 20:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" klubi va Frantsiya terma jamoasi darvozaboni Ugo Loris London klubidagi sherigi angliyalik Xarri Keyn haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

"Biz o‘yindan keyin xabar yozishdik. Unga to‘g‘ri gap aytish oson emas edi o‘sha vaqtda. 

Menimcha, Xarri ozroq dam olishga muhtoj edi. Bu Angliya terma jamoasi va Keyn uchun qiyin damlar edi. Shunga qaramay, Xarri terma jamoasi uchun qilgan ishidan faxrlansa arziydi.

Futbol tarixida barcha futbolchilar penaltidan xatoga yo‘l qo‘yishgan. Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va Kilian Mbappe kabi yulduzlar ham shular qatorida. Keyn boshini tik tutib, "Tottenxem" va Angliya uchun jonini berib o‘ynashda davom etishi kerak", - dedi posbon jamoadoshi haqida.

Ma’lumot o‘rnida, Xarri Keyn Frantsiyaga qarshi o‘yinda ikki marotaba penalti tepish imkonini qo‘lga kiritdi. Birinchisida u gol urgan bo‘lsa, hisobni tenglashtirishi mumkin bo‘lgan vaziyatda hujumchi xatoga yo‘l qo‘ydi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!