
Lovren Xorvatiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
Xorvatiya futbol ittifoqi himoyachining bayonoti va xayrlashuv maktubini e’lon qildi.
"Ko‘p o‘ylanib, shunday qarorga keldim. Terma jamoa bilan xayrlashadigan kun keldi.
Men uchun bu hikoyaning eng chiroyli sahifasi - bu so‘nggi besh yil ichida erishgan natijalarimizdir. Bu lahzalarni hech qachon unutmayman va qalbimda abadiy saqlayman.
Slaven Bilichdan tortib Zlatko Dalichgacha bo‘lgan barcha murabbiylarga rahmat. Ushbu unutilmas sarguzasht uchun barcha sobiq va hozirgi jamoadoshlarimga rahmat. Sizlar men uchun birodarlardek bo‘lib qoldingiz. Qiyin vaziiyatlarda yonimda bo‘ldingiz", - degan himoyachi.
Lovren 2009 yildan buyon Xorvatiya terma jamoasida o‘ynamoqda. U jamoa tarkibida 78 ta o‘yin o‘tkazdi, 2018 yilda jahon vitse-chempioni va 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatining bronza medali sohibiga aylandi.
Fikrlar