Luis Enrike Ispaniya terma jamoasidan ketadimi?
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike 2022 yilgi jahon chempionatidan keyin jamoani boshqarishda davom etishi mumkin.
Sport.es nashri 51 yoshli mutaxassis yil oxirigacha hisoblangan shartnomani uzaytirmasligi haqidagi kechagi ma’lumotni rad etdi.
Manbaga ko‘ra, Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi murabbiyning ishidan mamnun, Enrikening o‘ziga ham hozirgi ishi ma’qul kelmoqda.
Luis Enrike katta ehtimol bilan Ispaniya terma jamoasida Evro-2024ga qadar qoladi, shundan so‘ng u klub futboliga qaytadi.
Fikrlar