Luis Enrike Ispaniya terma jamoasiga 3 nafar debyutantni chaqirdi

  • 16 mart, 2019, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike  Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Norvegiya hamda Malta terma jamoalariga qarshi o‘yinlar uchun quyidagi futbolchilarni jalb etdi:

Tecno

Darvozabonlar: David de Xea («Manchester Yunayted»), Kepa Arrisabalaga («Chelsi»), Pau Lopes («Betis»);

Himoyachilar: Xose Gayya («Valensiya), Jordi Alba («Barselona»), Xuan Bernat («PSJ»), Mario Ermoso («Espanol»), Inigo Martines («Atletik»), Serxio Ramos («Real»), Serdji Gomes («Sevilya»);

Yarim himoyachilar: Xesus Navas («Sevilya»), Serji Roberto, Serdji Buskets (ikkalasi – «Barselona»), Rodri Ernandes («Atletiko»), Dani Sebalos («Real»), Fabian Ruis («Napoli»), Daniel Parexo («Valensiya»), Serxio Kanales («Betis»), Iker Muniain («Atletik»);

Hujumchilar: Marko Asensio («Real»), Rodrigo («Valensiya»), Alvaro Morata («Atletiko»), Xayme Mata («Xetafe»).

Ta’kidlash kerakki, Fabian Ruis («Napoli»), Serxio Kanales («Betis») va Xayme Matalar («Xetafe») Ispaniya terma jamoasiga birinchi marta chaqirilishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!