
Luis Enrike Mbappesiz o‘ynashga tayyorgarlik ko‘rayotganini yashirib o‘tirmadi!
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike klub yulduzi Kilian Mbappening ketishini tasdiqladi. Bu haqda u matbuot anjumanida gapirib o‘tdi.
"Ko‘rinib turibdi, Mbappening kelajagi biz bilan bog‘lanmagan. Shunday ekan, biz usiz ham chizmalarimizni sinovdan o‘tkazib olishishimiz kerak.
Kilianni kimdir boshqarishi shartmas, u hammasini o‘zi eplay oladi. Bugun u odatdagidan ko‘ra qulay usulda o‘yin namoyish eta oldi. Ko‘p hollarda Mbappe erkin hududddan foydalanib qoladi. Mazkur o‘yinda u chaproqqa o‘tib harakatlandi. Ammo gol urishga kelganda, Kilian doim xavfli qurol bo‘lib kelgan", - dedi Enrike jamoasi chorak final yo‘llanmasini hal qilgan bahsdan so‘ng.
Fikrlar