
Luis Enrike yana terma jamoada ishlashi mumkin
Luis Enrike Braziliya terma jamoasini boshqarishi mumkin.
Braziliya futbol konfederatsiyasi (BFK) milliy terma jamoa bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzod sifatida Luis Enrikeni tanladi, deb xabar beradi "Sport.es".
Xosep Gvardiola, Joze Mourino yoki Karlo Anchelotti bilan variantlarni amalga oshirish o‘xshamaydigandek ko‘rinmoqda.
"Pentakampeonlar"ning avvalgi bosh murabbiyi Tite 2022 yilgi jahon chempionatining chorak finalida mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng murabbiylik postini tark etgandi.
Luis Enrike esa Ispaniya terma jamoasi bilan Qatarda bundan ham yomonroq harakat qildi. "Qizil furiya" 1/8 finalida qoqilgandi. Biroq bungacha u Ispaniya bilan "Evro-2020" yarim finali va 2020/2021 yilgi mavsum Millatlar ligasi finaligacha borgandi.
Braziliya konfederatsiyasi, shuningdek, Enrikening "Barselona"dagi tajribasi (2 ta liga chempionligi, 2015 yilgi Chempionlar ligasi kubogi) va uning yoshlarga ishonish qobiliyatini ham hisobga oladi, bu esa termada avlodlar almashinuviga imkon beradi.
Fikrlar