Luis Enrike: "Muxlislarimizni katta xursand qilish uchun bor kuchimizni sarflaymiz"
«Zenit» va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Luis Enrique jahon chempionatida jamoaning asosiy maqsadlari haqida gapirdi.
Guruh bosqichida braziliyaliklar Marokko, Shotlandiya va Gayti terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Turnirdagi ilk uchrashuvni Braziliya 13 iyun kuni Marokashga qarshi o‘tkazadi.
«AQSh, Kanada va Meksikada o‘tayotgan musobaqada jamoamiz oldiga qo‘ygan yagona maqsad — faqat g‘oliblik, faqat birinchi o‘rin! Bizda juda kuchli tarkib bor, terma jamoada eng mahoratli futbolchilar to‘plangan.
Jamoa o‘yini yo‘lga qo‘yilgan, o‘zaro tushunish yuqori darajada. Albatta, Braziliyaga qarshi ham eng kuchli raqiblar maydonga tushadi, lekin biz muxlislarimizni xursand qilish, ularga katta shodlik ulashish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz», — deya yozadi Luis Enrique «SЭ» nashri uchun tayyorlagan mualliflik maqolasida.

Fikrlar