
Luis Suares bu mavsumda yana maydonga tusha oladimi?
Bir muddat oldin operatsiya qilingan "Barselona" hujumchisi Luis Suaresning tiklanish jarayoni bir maromda ketmoqda. Bu haqida Goal.com nashri xabar bermoqda.
Oldinroq, urugvaylik forvard uchun joriy mavsum yakunlangani va u faqat keyingi mavsum boshidan maydonga qayta olishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Biroq, manba Suares qo‘ltiqtayoqda harakat qilishni boshlagani, shuningdek, ushbu mavsumda yana maydonga qaytishi mumkinligini xabar qilgan.
Fikrlar