Lukaku nega "Yuventus"ni emas "Inter"ni tanlagani haqida gapirdi

  • 20 mart, 2020, 09:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Inter" klubi forvardi Romelu Lukaku nega "Yuventus"ga o‘tmaganini aytdi.

“Menda “Manchester Yunayted”dan ketishga hech qanday shubha yo‘q edi, ammo, qaysi jamoaga o‘tishim haqida bir qarorga kelmagandim. Men “Yuventus”ga ham, “Inter”ga ham bir hilda qarardim. Men yoshligimda Adriano, Ronaldu va Verilarning muxlisi edim. “Inter”ni tanlashimning asosiy omili bu Antoni Konte bo‘ldi. Menga aynan unga o‘xshagan, ya’ni meni o‘z jamoasida ko‘rishni xohlaydigan murabbiy kerak edi”, - deydi belgiyalik to‘purar.

Lukaku “Inter” safiga 2019 yilning yozida 65 mln evro evaziga “Manchester Yunayted”dan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va 23 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!