
Lukas Moura: Mourino bilan "Tottenxem" sovrin yutishiga ishonaman
"Tottenxem" yarim himoyachisi Lukas Moura jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinoning ishi borasida fikr bildirdi.
"Barcha Mourinoning muvaffaqiyati uchun ishlayapti. Barcha uning faoliyati va mavqeyi qanday ekanligini yaxshi biladi. Mourino o‘zi ishlagan barcha klublarda sovrinlar yutgan.
Endi bizni uning qo‘l ostida ishlab, ko‘p narsani o‘rganish imkoniyatimiz bor. Bizda barcha imkoniyatlar bor, juda tajribali murabbiyimiz bor. Men rostdan ham hozirda sovrin yuta olishimizga ishonaman.
Barcha murabbiyda o‘z xarakteri bor. Mourino doim bizni kuchli klub ekanligimizni, katta jamoaligimiz va g‘oliblar ekanligimizni tinmay takrorlaydi," - dedi Moura.
Fikrlar