
Lutfulla To‘raev faoliyatini yana Malayziyada davom ettiradi (Foto)
Xabaringiz bor, Lutfulla To‘raev bir necha yildan beri Malayziya chempionatida to‘p tepib kelmoqda. U o‘tgan mavsumda “Felda Yunayted” bilan shartnomasi yakunlangandan so‘ng jamoani tark etgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, Malayziya Superligasi vitse-chempioni ayni paytda “Terengganu” klubi mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.
Xabarlarga qaraganda, Lutfulla To‘raevning yangi mavsumni ushbu jamoada boshlash ehtimoli katta.
Ma’lumot o‘rnida, hamyurtimiz “Terengganu”ning so‘nggi o‘rtoqlik o‘yinida gol urishga ham erishdi.
Fikrlar