Mabodo Zidan Mourinoning o‘rnida bo‘lsa MYu asosiy tarkibi qanday bo‘lardi?

  • 23 avgust, 2018, 08:11
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Zinedin Zidan «Old Trafford»da Joze Mourinoni almashtirishi haqidagi mish-mishlar paydo bo‘lgach, Squawka nashri «Manchester Yunayted»ning asosiy va zaxirasi qay ko‘rinish hosil qilishi mumkinligi haqida tahlil qilib ko‘rdi.

Tecno

Zidan «qirollik klubi»da qatorasiga uch bor Chempionlar Ligasini yutib misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatlar ostida qolib ketdi. «Qizil iblislar» esa Ser Aleks Fergyusonning 27 yillik boshqaruvidan keyin shonli davrini qayta tiklashda qiyinchilikka duch kelmoqda.

«O‘zgacha»ning klub ijrochi direktori Ed Vudvord bilan sovuq munosabatlari, muxlislarning murabbiy taktikasidan noroziligi, o‘tgan mavsumdagi «quruq o‘yin» tufayli bukmekerlar portugaliyalik murabbiy o‘z lavozimidan ketishga da’vogar birinchi Premer Liga bosh murabbiyi bo‘lishini taxmin qilishmoqda. Uning o‘rniga katta ehtimol bilan 98-yilgi Jahon Chempioni Zidan kelishi aytilmoqda.

Zidan «Real»da qo‘li ostida dunyoning eng yaxshi futbolchilari bilan ishladi: besh karra «Oltin to‘p» sohibi Ronaldudan Beyl, Kroos, Ramos va so‘nggi Jahon Chempioni Modrichgacha!

«Manchester Yunayted» tarkibi esa amaldagi Chempionlar Ligasi sohibi uchun ajoyib tarkib hisoblanmas, biroq klubda bir qator iqtidorlar talaygina.

Quyida Zizu «Old Trafford»ga kelgudek bo‘lsa, asosiy tarkib qay ko‘rinishda bo‘ladi, degan savolga javob izlab ko‘ramiz.

Darvozabon: David De Xea

Dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri De Xea uzoq vaqt «Real»ning asosiy transfer nishoni bo‘lib keldi. U o‘tgan mavsumning «Oltin qo‘lqop» sovriniga ega chiqdi. Fakt shuki, Zidan ushbu chiziqda hech qanday o‘zgarishga ehtiyoj sezmaydi.

O‘ng qanot himoyasi: Antonio Valensiya

Fergyusson davridan qolgan kamyob futbolchilardan biri. Jamoa sardori Valensiya hozirda o‘ng qanot himoyasiga o‘tkazilgan va u bu pozitsiyada eng yaxshilardan biri bo‘lib kelmoqda.

Markaziy himoyachi: Erik Bayi

O‘tgan mavsumda jarohatlar sabab o‘zini ko‘rsata olmagan ivuarlik himoyachi safda bo‘lganida klubning eng yaxshi himoyachisi hisoblanadi.

Markaziy himoyasi: Kris Smolling

Bayiga munosib sherik topish qiyin masala. Mourino ham o‘tgan mavsumda bu muammoni hal qilishda qiynaldi. Bayidan tashqari Smolling, Fil Jons, Markos Roxo va Lindelyoflar markaziy himoyada o‘ynay olishlari mumkin.

Chap qanot himoyachisi: Lyuk Shou

Eshli Yang MYu ning o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi va chap qanotda ancha mustahkam o‘yin namoyish qildi. Shunga qaramay, o‘ngaqay bo‘lgan futbolchi ideallikdan ancha uzoq.

Tayanch yarim himoyachisi: Fred

«Manchester Yunayted»ning ushbu yozdagi eng yuqori salohiyatli transferi bu Fred bo‘ldi. U orqa chiziqda «Kazemiro» rolini bajarishi mumkin.

«Real»dagi hamyurti kabi Fred jamoadoshlarini hujumga chorlay oladi. Bundan tashqari u raqib hujumini to‘xtatishda ham benazir.

Markaziy yarim himoyachi: Pol Pogba

Klubning eng qimmat futbolchisi A Seriyada ko‘rsatgan o‘yinini namoyish qila olmayapti. Bu esa portugaliyalik ustozining jahlini chiqarmoqda. Zidan esa hamyurtining salohiyatini bemalol yuzaga chiqara olishi mumkin.

Markaziy yarim himoyachi: Nemanya Matich

Agarda Pogba Zidan uchun yangi Modrich bo‘lsa, Matich yangi Kroos bo‘ladi. Garchi nemis futbolchisi bilan oradagi farq sezilarli bo‘lsada, Matich o‘yinni boshqara olishi qobiliyatiga ega.

Hujumkor yarim himoyachi: Jesse Lingard

Lingarda klubda borgan sari rivojlanib bormoqda. «Real»dagi Iskodek 25 yoshli futbolchining harakatlarini oldindan o‘qib bo‘lmaydi.

Xuan Mataning yoshi o‘tib bormoqda, yosh Lingard esa «Old Trafford»da muhim futbolchiga aylanib bormoqda.

Hujumchi: Aleksis Sanches

Sanchesning yangi jamoasiga moslashib ketishi qiyin bo‘lmoqda. Yanvar oyida kelib qo‘shilganidan beri «Arsenal»da ko‘rsatgan o‘yinini Manchester shahrida davom ettirish chililik hujumchining bosh og‘rig‘iga aylangan.

Hujumchi: Romelu Lukaku

Lukaku o‘tgan mavsumdagidek to‘purarlik salohiyatini tiklay olmayapti. Shunga qaramay belgiyalik hujumchi Premer Liga himoyachilari uchun asosiy xavf bo‘lib qolmoqda.

Mag‘lublar

Mourino kuchli himoyaviy o‘yin namoyish qiladigan futbolchilarni afzal ko‘radi. Agarda Zidan klub boshqaruviga keladigan bo‘lsa, maqsadlar ham o‘zgarishi aniq. Demak frantsiyalik mutaxassisning kelishidan jabr ko‘radiganlar ham topiladi.

Maruan Fellayni

Paxmoq sochli belgiyalik futbolchi Devid Moyes uni 2013-yilda «Old Trafford»ga olib kelganidan beri kichik vazifani bajarib kelmoqda.

30 yoshli yarim himoyachi jamoasi mag‘lubiyatga uchrayotganida yoki hisobni ushlab qolish kerak bo‘lganda maydonag tushirilmoqda. Bu esa ba’zan o‘z mevasini bermoqda. Biroq klubda uning vazifasini undanam yaxshi bajaradiganlar bor. Zidanning kelishi uning yo‘llarini yopib qo‘yishi mumkin.

Skott MakTomini

Shotlandiyalik futbolchi o‘tgan mavsumda katta umid uyg‘otdi va Mourino uni «Yilning eng yaxshi futbolchisi» deya e’tirof etdi.

MakTomini to‘pga egalik qilishda usta, himoyada ham yordam beradi, biroq Skott Pogba, Matich, Errera, Fred va Pereyra kabi futbolchilar borligi sabab asosiy tarkibda o‘ynashi qiyin masala.

Kamiga Zidanning hujumkor o‘yin uslubi sababli Skottning asosiy tarkibga kirish imkoniyatlari pasayib ketadi.

Erkinjon G‘aybullaev tayyorladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!