
Madiyar Saidrahimov oltin medal sohibi
Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo‘yicha an’anaviy Stranja musobaqasi davom etyapti. Bugun ushbu turnirning hal qiluvchi bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
-92 kg vazn toifasida musobaqada ishtirok etgan Madiyar Saidrahimov final bahsida Bolgariya vakili Rodaslav Pantaleev bilan to‘qnash kelib, ishonchli tarzda zafar quchgan holda oltin medalga ega chiqdi.
Shuningdek, 51 kgda Hasanboy Do‘smatov, 57 kgda Abdumalik Xalakov, 63,5 kgda Mujibillo Tursunov, 80 kgda Odiljon Aslonov ham chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Ertaga yana bir vakilimiz +92 kg vaznda Lazizbek Mullojonov ham oltin medal uchun ringga ko‘tariladi.
Fikrlar