
"Madrid derbisi". "Atletiko" so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
La Liga doirasida bo‘lib o‘tgan "Madrid derbisi"da tomonlar durangga imzo chekdi.
Uchrashuvning 20-daqiqasida Braim Dias mehmonlar darvozasi oldida yuz bergan palapartishlikdan foydalanib ketdi va hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda bo‘lsa Lorente boshi bilan gol urib, imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi.
Mazkur bahsdan so‘ng "Real" turnir jalvalida 1, "Atletiko" esa 4-o‘rinda qoldi
Fikrlar