
Madrid klubi Entsoga 100 million evro berishga tayyor
"Benfika" yarim himoyachisi Entso Fernandes Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ajoyib o‘ynadi va Evropaning top klublari, shu jumladan, Madridning "Real" jamoasining e’tiborini tortdi. "Qaymoqanglilar" ustozi Karlo Anchelotti ham uni yoqtiradi.
Biroq madridliklar "Benfika" so‘ragan 120 million evroni to‘lashga tayyor emas. "Real" rahbariyati 21 yoshli futbolchi uchun bu summa ko‘plik qiladi, deb hisoblashadi.
Avvalroq, Argentina yarim himoyachisiga PSJ, "Barselona", "Atletiko", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Tottenxem", "Chelsi", "Arsenal" va "Inter" jamoalari ham futbolchini o‘z safida ko‘rmoqchi va bularning bari Entsoning agenti bilan aloqaga chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, Fernandes mundialning eng yaxshi yosh futbolchisi, deb topildi.
Fikrlar