Madrimovni ko‘zlagan qozog‘istonlik bokschi ayanchli nokautga uchradi (video)

  • 30 oktabr, 2021, 10:00
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 2
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida (-69 kg) faoliyatini olib borayotgan qozog‘istonlik Tursunbay Kulahmet Britaniyada tashkil etilgan boks oqshomida WBC International kamarini Dominikan vakili Xuan Karlos Abreuga qarshi himoya qilishi belgilangan edi. Jang muddatidan oldin yakuniga etdi. 7-raundda nokdaunga uchragan Kulahmet ikkinchi og‘ir zarbadan erga quladi va jangda nokaut evaziga mag‘lub bo‘ldi.

Tecno

Shunday qilib, Kulahmet 5-jangida ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Karlos Abreu (24-6-1, 22 KO) esa WBC International kamari yangi egasiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Kulahmet havaskor boksda hamyurtimiz Isroil Madrimov bilan 2 marta to‘qnash kelib, ularning birida g‘alaba qozongan. U intervyularining birida professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasiga aynan Madrimov borligi uchun o‘tgani va u bilan yana jang qilish istagida ekanini bildirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
ANNAQULOV G'ULOM
31/10/2021 19:54
Tursunbay ne zashishayet sebya, ne podnimayat ruku, vot i rezultat.
Baxil Alihuja
30/10/2021 13:50
Fолиб Абрэу билан Мадримов тушса яхши булар эди.