Maguayrga APLning yana bir klubidan taklif bor

  • 3 avgust, 2023, 14:20
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Maguayr ushbu yozda jamoani tark etishi mumkin. Unga bir qator klublardan takliflar bo‘ldi. "Vest Xem" futbolchiga qiziqish bildirdi, lekin "qizil iblislar" bilan kelisha olmadi. 

insayder Ekrem Konur xabar berishichaMaguayrni "Everton" o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Klub ayni paytda bitta himoyachi izlamoqda va variantlar orasida ingliz futbolchisi ham bor. 

Mish-mishlarga ko‘ra, "Manchester YunaytedMaguayr uchun 40 million funt istamoqda. Klub  "bolg‘achilar"ning 20 million funtlik taklifini rad qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!