Maguayrning “Chelsi”ga o‘tishi qanchalik haqiqat?

  • 24.08.2022 16:37
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Chelsi" va "Manchester Yunayted" himoyachi Garri Maguayrning transferi bo‘yicha muzokara o‘tkazmadi, deya xabar berdi jurnalist Fabritsio Romano.

Manbaga ko‘ra, mankunianliklar joriy mavsumda asosiy tarkib uchun kurashmoqchi bo‘lgan futbolchi bilan xayrlashmoqchi emas. "Chelsi" ham himoyachini qo‘lga kiritishni rejalashtirmagan, chunki ular hozirda "Lester"dan Uesli Fofanni sotib olishga bor e’tiborini qaratgan.

29 yoshli angliyalikning shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. “Transfermarkt” portali futbolchini 38 million evroga baholamoqda.

Maguayr o‘tgan mavsumda barcha turnirlar doirasidagi 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Joriy mavsumda himoyachi 2 ta uchrashuvda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!