Maks Xollowey Konor Makgregor bilan jang oldidan nimalar dedi?
Amerikalik UFC jangichisi Maks Hollowey irlandiyalik Konor Makgregor bilan jang haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
"Konorga qarshi oktagonga koʻtarilishdan xursandman. Hozirda koʻpchilik Makgregor mashq qilsa ham, jangga chiqmasligi mumkin, deb aytmoqda. Biroq menimcha, uning niyati jiddiy. Irlandiyalik haqiqatan sportni sogʻinganga oʻxshaydi.
Esimda, Konor bilan 13 yil avval toʻqnash kelgandik. Ōshanda ikkimiz ham juda yosh va nom qozonishga harakat qilayotgan yigitlar edik. Bugun esa millionlab muxlislarga egamiz.
Tan olish kerak, Makgregor MMAni tubdan oʻzgartirdi. Uning qaytayotganidan mamnunman, biroq raqibi men ekanimdan qattiq afsusdaman", - dedi Maks.
Eslatib oʻtamiz, Hollowey va Konor qarama-qarshiligi 12 iyul kuni "UFC 329" turnirida oʻtkaziladi.

Fikrlar